Amerikalik aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Rita koronavirus infeksiyasi bilan kasallandi. Bu haqda aktyorning o‘zi Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
Artistning so‘zlariga ko‘ra, u hozir turmush o‘rtog‘i bilan birga Avstraliyada. Er-xotinning ahvoli yomonlashgan, xususan, ular bemajollik va tanada og‘riqlar borligidan shikoyat qilgan. Bundan tashqari, Xenksning rafiqasida titroq va isitma ham kuzatilgan.
“Hammasini to‘g‘ri qilish uchun — hozir shunday qilish shart — biz koronavirusga tahlil topshirdik”, — deb yozgan Xenks. Uning so‘zlariga ko‘ra, tahlil natijalari ularda koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan.
Xabar to‘ldirilmoqda
Izoh (0)