Hindistonning Goa shahridan Rossiyaning Samara shahriga uchayotgan Rossiyaning Azur Air kompaniyasiga qarashli samolyot yo‘lovchilardan birining tobi qochgani sababli Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo neba” kanali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bortidagi Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayolda yurak xuruji yuz bergan.
Ekipaj zudlik bilan zaxira aeroporti — Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘nishga qaror qilgan va trapga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.
Ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan.
Izoh (0)