• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropa o‘rtasidagi tan olinmagan musulmon davlati. Dunyoni qutblashtirgan Kosovo mojarosi

    Sovet Ittifoqi parchalangach, Bolqon yarimorolida siyosiy taranglik yanada jiddiylashdi. Kosovo mojarosi ham aynan shunday etnik nizolardan biri sifatida tarixda qoldi. “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev an’anaviy tarix ruknida shu haqda hikoya qiladi.

    Bolqon yarimoroli mamlakatlarida Yugoslaviyaning parchalanishi xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir qildi. Yangi etnik mojarolarning ildiz otishi uchun sharoit yaratdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kosovo – Bolqon yarimorolidagi hudud. Poytaxti – Prishtina shahri. Hozirda uning mustaqilligi qisman tan olingan bo‘lib, davlat tili sifatida alban va serb tilidan foydalaniladi. Respublika ikki qism – Kosovo va Metoxiyadan iborat. Kosovo serbchada “qora maynalar o‘lkasi” ma’nosini beradi. Metoxiya esa yunonchada “cherkov mulki” deganidir.

    Kosovo: tabiiy geografik o‘rni

    Kosovo Bolqon yarimorolining markazida joylashgan. Umumiy maydoni 10 887 kvadrat metrni tashkil qiladi. Hududi, asosan, tog‘li bo‘lib, Albaniya, Chernogoriya, Makedoniya va Serbiya bilan chegaradosh.

    Kosovoning qisqacha tarixi

    Qadimda Kosovo hududida illir qabilalari istiqomat qilgan. VI asrdan bu yerga slavyanlar kela boshladi. Ular romanlashgan mahalliy aholini dengiz bo‘yidagi shaharlarga, valaxlarni esa tog‘larga siqib chiqardi. IX asrga kelib, kosovoliklar xristian dinini qabul qildi.

    IX–XII asrlar mobaynida Vizantiya, Bolgariya va ikki serb knyazligi – Rashka va Dukley Kosovoni o‘z tasarrufiga olish uchun jang olib bordi. XII asr oxirida serb qiroli Stefan Neman Kosovoni o‘z qirolligiga qo‘shib oldi. Kosovo Serb qirolligining markaziy hududlaridan biri sifatida iqtisodiy jihatdan rivojlandi. Ammo qirol Stefan Dushan vafotidan so‘ng feodal tarqoqlik iqtisodiyotni tanazzulga olib keldi.

    1389-yilda serb Lazar Kosovo maydonida mag‘lubiyatga uchragach, mamlakat Usmonli saltanati tarkibiga kirdi. Kosovo hududida aholi migratsiyasi boshlangach, demografik tanglik vujudga keldi. Nasroniylik diniga e’tiqod qiluvchilar turk istibdodida yashashni istamay, hududni tark etdi. Bo‘shab qolgan yerlarga musulmon albanlar ko‘chirildi. Natijada Kosovoda musulmon alban millati ulushi 50 foizni tashkil etdi. Bu esa kelajakdagi alban–serb nizosiga sabab bo‘ladigan omil edi.

    1912–1913-yillardagi Bolqon urushi natijasida Kosovoning bir qismi Serbiyaga, yana bir kichik qismi esa Chernogoriya tarkibiga o‘tdi. Shu vaqtda Albaniya davlati ham tashkil etildi.

    Kosovodagi etnik migratsiyalar

    Kosovoning slavyan davlatlari tarkibiga kirishi natijasida serb hukumati slavyan elatining ko‘chib kelishini rag‘batlantirdi. Ularning ommaviy ko‘chishi Kosovoda alban millati ulushi qisqarishiga olib keldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Birinchi jahon urushi vaqtida 1915-yili Avstro-Vengriya imperiyasi Kosovoni egallab oldi. Albaniya hukumati esa Avstro-Vengriya imperiyasini qo‘llab-quvvatlagan holda Kosovoda o‘z ta’sir doirasini yoyishga urinadi. Ammo Birinchi jahon urushida Uchlar Ittifoqi mag‘lubiyatga uchradi va Kosovo yangi tashkil topgan Yugoslaviya tarkibiga qo‘shib berildi. Yugoslaviya tarkibida Kosovodagi ijtimoiy vaziyat muammosi kelajakda hal qilinadigan muammo sifatida qolaverdi. Albanlar o‘sha kezlarda Albaniya tarkibiga qo‘shilish uchun partizanlik harakati olib bordi. Yugoslaviya hukumati esa serblarning Kosovoga ko‘chirilishi uchun rag’bat beradigan siyosat yuritdi.

    Ikkinchi jahon urushi davri

    Ikkinchi jahon urushi davrida Kosovo Italiya protektorati – homiyligi o‘rnatilgan Albaniyaga bo‘ysundirildi. Alban hukumati yana serblarni ommaviy ravishda Kosovodan haydab chiqarish, badarg‘a qilish siyosatini boshlab yubordi. Fashistik Albaniya hukumati siyosati natijasida 40–50 mingga yaqin serblar repressiya qilindi va 100 minglab serblar Kosovodan qochishga majbur bo‘ldi.

    1944-yilda o‘lka Kosovo partizanlari harakati natijasida Italiyadan mustaqil bo‘ldi va yana Yugoslaviya tarkibiga o‘tdi. Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi konstitutsiyasiga muvofiq Kosovo va Metoxiya muxtor hududi tashkil etildi. Yugoslaviyaning Broz Tito rahbarligidagi avtoritar hukumati Kosovoga albanlarning ko‘chib kelishini rag‘batlantirdi va serblarga nisbatan diskriminatsiyaga asoslangan siyosat yuritdi.

    Kosovo, asosan, dotatsiyalar evaziga kun ko‘radigan hudud bo‘lib, aholisi qashshoq, infratuzilma rivojlanmagan hudud sifatida qolaverdi. Aslida, statistik ma’lumotlarda past ko‘rsatgichga ega bo‘lgan Kosovo iqtisodiy jihatdan barqaror edi. Shu sababli Albaniyadagi albanlar o‘z turmush sharoitlarini yaxshilash istagida Kosovoga ommaviy ravishda ko‘chib keldi. Albanlar migratsiyasi kuchaya boshlagani sabab ular serb jamoasini mintaqadan siqib chiqardi. Serb-alban kelishmovchiligi esa yanada ildiz otdi. Mavjud hukumat esa haligacha bu etnik nizoning sabablarini o‘rganmadi, oldini olishga harakat qilmadi.

    Slobodan Miloshevich hokimiyati va serb-alban etnik nizosining kuchayishi

    1987-yilning aprel oyida Slobodan Miloshevich Serbiya kommunistik partiyasining raisi sifatida Kosovoga tashrif  buyurdi. Tashrif davomida serblar va albanlar o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Miloshevich serblarga qarata bundan keyin “serb millatini hech kim xafa qilolmaydi” degan nutq o‘qidi. Miloshevich ham serb, ham alban millatchiligini tanqid qilgan bo‘lsada, Kosovodagi serblar bu nutqdan ilhomlanib harbiy tuzilmalar tuzdi. Bu esa ikki millat o‘rtasidagi  etnik nizoni yanada keskinlashtirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1989-yilda o‘tkazilgan referendum natijasida muxtor o‘lkalarning huquqlari yanada qisqartirildi. Kosovolik albanlar referendum natijalarini boykot qilishdi. Ularning nazarida referendum kosovolik albanlarning huquqlarini oyoqosti qilaganligi edi. Sababi referendum natijasida Kosovoda alban tilida olib boriladigan tele va radio uzatmalari to‘xtatilgan, alban  tilida ta’lim olish bekor qilingan edi.  Mazkur voqealar esa Kosovoda ommaviy ravishda ish tashlashlari milliy to‘qnashuvlarga olib keldi. Yugoslaviya hukumati nizolarning oldini olish uchun mintaqada favqulodda holat e’lon qildi, ammo alban ayirmachi guruhlarining harakatlari kuchayishini oldini ololmadi.

    Mustaqillikning e’lon qilinishi

    1991-yilning 22-sentabrida Kosovodagi alban vatandoshlari referendum o‘tkazishdi va mustaqil Kosovo respublikasi tashkil etilganini e’lon qildi. Shu kunda prezidentlik saylovi o‘tkazildi va Ibrohim Rugov mustaqil Kosovo davlati prezidenti etib saylandi. Oradan bir oy o‘tib Albaniya Kosovo davlatining mustaqilligini tan oldi. Kosovoda qurolli kuchlar guruhi birlashtirilib, ozodlik armiyasi tashkil etildi. Natijada serblarga qarshi repressiyalar avj oldi.

    Dastlab Kosovodagi ayirmachilarga qarshi serb partizanlari harakat qilgan bo‘lsa, keyinchalik bu harakatga Yugoslaviya armiyasi ham qo‘shildi. Nizo mahalliy muammodan, global muammoga aylana boshladi. 1999-yilda NATO harbiy tashkiloti harbiylari Kosovodagi voqelarga aralashdi. Yugoslaviya shaharlari va harbiy obyektlari NATO qo‘shinlari tarafidan havo hujumiga tutildi. Hujumlar oqibatida yarim millionga yaqin aholi, asosan, albanlar boshpanasiz qoldi.

    Bundan tashqari, albanlarning ko‘plab tarixiy qadamjolari Kosovodagi urush natijasida vayron bo‘ldi. NATOning mahalliy nizolarga aralashuvi natijasida Yugoslaviya hukumati to‘la boshqaruvini BMTga berishga majbur bo‘ldi. BMT Kosovoda o‘z boshqaruvini o‘rnatgandan keyin, mintaqadagi millati, asosan, serb va lo‘li bo‘lgan 277 ming  aholi Serbiyadan boshpana so‘radi.

    Hozirgi ahvol

    2004-yil 23-oktabrda Kosovoda BMT nazorati ostida saylov o‘tkazildi. Muvaqqat saylovlar natijasida Ibrohim Rugov prezident etib saylandi. Kosovodagi uchta partiyadan faqat serblar partiyasi saylov natijlarini tan olmadi. Natijada Kosovoda yana qurolli to‘qnashuv yuz berdi. To‘qnashuvlar oqibatida 4 mingdan ortiq serblar qochqinlikka yuz tutdi, serblarning Kosovodagi cherkovlari vayron qilindi.

    BMT muvaqqat hukumati asta-sekinlik bilan boshqaruvni Kosovo hukumatiga topshirdi. 2008-yilda o‘tkazilgan saylovlarda Hoshim Tachi prezident etib saylandi va hozirgacha mamlakatni boshqarib kelmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kosovo masalasida hozirga qadar AQSh boshchiligidagi G‘arb va Rossiya boshchiligidagi BRIKS mamlakatlari bir qator sammitlar uyushtirdi. 2010-yilda Gaagadagi xalqaro sud Kosovoning mustaqil davlat ekani haqida qaror qabul qildi.  Shunday bo‘lsada, Kosovo masalasida bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Hozirga qadar BMTga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning 93 tasigina Kosovoni mustaqil davlat sifatida tan oldi.

    AQSh boshchiligidagi G‘arb Kosovoning mustaqilligini tan olgan bo‘lsa, Rossiya, Xitoy va BRIKS mamlakatlari buni tan olmayapti. Serbiya hukumati ham shu yo’lni tutmoqda.

    Kosovoda uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi, korrupsiya kuchayib kelmoqda. Serblar esa Kosovoni tark etishni davom ettirmoqda. Serb va alban millatchilaring  adovati tufayli ko‘plab begunoh insonlar qiyin vaziyatni boshidan kechiryapti.

    28.02.2020, 17:15   Izoh (0)   75708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 12:04

    27 ta to‘y libosi, 90 ta shaxsiy samolyot va mehmonlar orasida jahon yulduzlari: milliarder Jeff Bezosning Venetsiyadagi to‘yi haqida eng muhim tafsilotlar

    Layfstayl | 28 iyun, 11:40

    Muzli vanna, meditatsiya va Ayurveda: mashhurlar tongni qanday boshlaydi?

    Shou-biznes | 28 iyun, 11:35

    Toshkent viloyatida hokimiyat yerini 200 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 11:20

    Oxiri yo‘q rilslar, yo‘qotilayotgan vaqt: telefon qaramligidan qutulish uchun 8 qadam

    Layfstayl | 28 iyun, 11:02

    Qibrayda fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.