25-fevral, seshanba kunidan boshlab, Samarqand—Toshkent—Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25-fevral, dushanba kuni, soat 09:00 da Samarqand avtovokzalidan yo‘lga chiqqan avtobus “Toshkent” avtovokzalidan qo‘shimcha yo‘lovchilarni olib, Sankt-Peterburg tomon yo‘l oldi. Mazkur yo‘nalishning qatnov masofasi 4436 kilometrni tashkil etadi. Yo‘lovchilar Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaliga yetkazib qo‘yiladi.
Mazkur yo‘nalish uchun chipta narxi Samarqanddan 840 000 so‘m Toshkentdan esa 800 000 so‘mni tashkil etadi. Yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan Uzautotrans service MChJ va Rossiyaning “TTK Globus” MChJ kompaniyalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Avvalroq Toshkent—Omsk hamda Toshkent—Moskva —Toshkent yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi. Toshkentdan Moskvaga muntazam qatnovchi avtobusning birinchi reysi 3 kishiga xizmat ko‘rsatdi.
Izoh (0)