Toshkent shahar Uchtepa tumanida 8-yo‘nalishda qatnaydigan avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25-fevral, seshanba kuni, soat 13:30 da Uchtepa tumani, 21-mavze Katta Xirmontepa ko‘chasidagi bekatda to‘xtab turgan haydovchi N.R. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli 8-yo‘nalishda qatnaydigan avtobus dvigatel qismining elektr simlari tutab, yong‘in chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga o‘z vaqtida yetib kelib, yong‘inni bartaraf etgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Avvalroq Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi 50 nafar yo‘lovchini avtobusdagi yong‘indan qutqarib qolgan edi.
Izoh (0)