O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida yopilishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.
Hukumatdagi manbaning qayd etishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabining 24-fevraldagi yig‘ilishida aynan Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan.
Muhokamalar jarayonida O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasini vaqtincha yopish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi boshqa munosabatlarga doir boshqa masalalar, ko‘riladigan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilingan. Yig‘ilish haqida rasmiy axborot berilishi kutilmoqda.
Avvalroq Afg‘onistonning Hirot viloyatida 23-fevral kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘ldi. Bemor bir necha kun avval Eronning Qum shahrida bo‘lib qaytgani aytilmoqda — bu shahar hozirgi kunda Erondagi koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turibdi.
Mavzuga doir: Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi
Izoh (0)