O‘zbekiston terma jamoasi 23-fevral, yakshanba kuni Belarusga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan bahsda belaruslar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Pavel Nexaychik bahsdagi yagona bo‘lib qolgan golga muallif bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Belarus terma jamoasi ikkinchi to‘pni kiritishi mumkin edi, biroq Eldor Suyunov penaltidan yo‘llangan zarbani bartaraf etdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida 31-mart kuni Yamanga qarshi bahs olib boradi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
23-fevral, yakshanba
O‘zbekiston — Belarus 0:1
Gol: 0:1 — 26 NexaychikO‘zbekiston: Eldor Suyunov, Oleg Zoteyev, Yegor Krimets, Umar Eshmurodov (Islom Qobilov, 46), Murod Xolmuhammedov, Akbar Ismatullayev (Sharof Muhitdinov, 59), Sanjar Qodirqulov, Abror Ismoilov, Bobur Abduxoliqov (Oybek Bozorov, 46) (Shohruz Norxonov, 70), Jasur Jaloliddinov, Igor Sergeyev (Humoyun Murtozayev, 46).
Belarus: Pavlyuchenko, Matveychik, Pavlovets, Politevich, Burko, Stasevich, Korzun, Kendish, Nexaychik, Laptev, Dragun.
Ogohlantirishlar: Ismoilov (89)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)