Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 25-turida “Real Madrid” 22-fevral, shanba kuni “Levante” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limi to‘lig‘icha madridliklar tomonida bo‘ldi. Tanaffusdan keyin maydon egalari ham oldingi chiziqda xavfli yurishlarni amalga oshirdi. 79-daqiqada Xose Luis Morales tomonidan kiritilgan to‘p mezbonlarga g‘alaba olib keldi. Bundan tashqari, “Real” yetakchisi Eden Azar jarohat olib maydonni tark etdi.
Mazkur mag‘lubiyatdan keyin Zinedin Zidan shogirdlari musobaqa peshqadamligini “Barselona”ga topshirib qo‘ydi. Madridliklar “El-Klasiko” oldidan “Barselona”dan ochko ortda qolmoqda.
La Liga
25-tur bahslari
22-fevral, shanba
“Real Sosyedad” — “Valensiya” 3:0
Gollar: 1:0 – 12 Merino, 2:0 – 45 Monreal, 3:0 – 48 Yanuzay.“Levante” — “Real Madrid” 1:0
Gol: 1:0 – 79 Morales.“Levante”: Fernandes, Postigo, Tono, Bruno Gonsales, Miramon, Vukchevich, Bardi, Kampanya, Roxer Marti (Melero, 67), Mayoral (Leon, 88), Morales (Martines, 81).
“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Marselo, Modrich (Valverde, 81), Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Azar (Vinisius Junior, 67), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Roxer Marti (35), Kazemiro (71).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)