O‘zbekiston terma jamoasi 23-fevral, yakshanba kuni Belarusga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Sharja shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Belarus terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Vadim Abramov shogirdlari ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘inga 21 nafar futbolchi jalb qilingani avvalroq xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida 31-mart kuni Yamanga qarshi bahs olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)