Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” Madridda “Atletiko”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa Mersisayd klubining barcha musobaqalar doirasidagi 14 ta o‘yindan iborat (13 ta g‘alaba, 1 ta durang) mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi.
Qayd etish joiz, “Liverpul”ning asosiy tarkibi Madriddagi bahsga qadar 32 ta bahsda mag‘lub bo‘lmagan edi. 2019-yil 17-dekabrida klubning ikkinchi tarkibi Angliya Liga Kubogi doirasida “Aston Villa”ga (0:5) hisobida mag‘lub bo‘lgandi. 4-fevralda esa o‘sha tarkib Angliya Kubogida “Shrusberi”ni (1:0) taslim qildi.
“Liverpul”ning asosiy tarkibi so‘nggi bor 2019-yil sentabrida Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida “Napoli”ga 0:2 hisobida yutqazgan edi.
“Liverpul”—“Atletiko” o‘rtasidagi javob bellashuvi 11-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)