Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida “Liverpul” Madridda “Atletiko” mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvning 80-daqiqasida Mersisayd klubi sardori Jordan Henderson jarohat sabab o‘z o‘rnini Jeyms Milnerga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi chap oyoq tizza osti payidan jarohat olgan.

Hozircha Hendersonning qachon safga qaytishi haqida rasmiy ma’lumot taqdim etilmadi. Jordan joriy mavsum “Liverpul” safida 34 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari