Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida PSJ klubi safarda “Borussiya Dortmund”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Parijliklar safida Marko Verratti o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazdi. Bu italiyalik futbolchi uchun PSJ safida yevrokuboklardagi 58-o‘yin bo‘ldi. Verrati bu orqali jamoaning sobiq futbolchisi Pol le Guen qayd etgan natijani yangilab rekord o‘rnatdi. Le Guen vaqtida PSJ safida yevroarenada 57 ta o‘yin o‘tkazgandi.
Ma’lumot uchun, PSJ va “Borussiya” o‘rtasidagi javob bellashuvi 11-mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)