UEFA tashkiloti Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida 18-fevral kungi bellashuvlarning eng yaxshi futbolchilari nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Borussiya”—PSJ (2:1) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi nomi dublga erishgan 19 yoshli Erling Holandga nasib etdi.
“Atletiko”—“Liverpul” (1:0) to‘qnashuvining eng yaxshi futbolchisi sifatida esa braziliyalik himoyachi Renan Lodi e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA ushbu sovrinni ilk marta ta’sis etdi. Sovrindorlar stadiondagi texnik kuzatuvchilar orqali o‘yin so‘ngida aniqlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)