• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Snos” va noqonuniy qurilgan turar joylarni buzish o‘rtasida qanday farq bor?

    Adliya vazirligi bugun ijtimoiy hayotda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan “snos” va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy joylarni buzish o‘rtasidagi farqlar, qaysi hollarda tovon puli to‘lanishi, qaysi hollarda esa aybdorlar jarimaga tortilishini izohladi. “Gazeta.uz” vazirlikning ushbu izohini havola etdi.

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Gap “snos” haqida ketar ekan, uni o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylardan farqini bilib olish har qachongidan dolzarb masaladir. “Snos” deganda fuqarolar va yuridik shaxslarga faqatgina qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi olib qo‘yilishi va unga yarasha kompensatsiya berilishi tushuniladi.

    Rostdan ham shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan ayrim hollarda kamchiliklarga, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yildi.

    Ayni masalada qonun buzilishlar bo‘lganligi sababli bu borada umuman yangicha tartib joriy etildi. Endilikda Yer uchastkasini olib qo‘yish Hukumatning 2019-yil 16-noyabridagi qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida hamda unda ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.

    Unga ko‘ra:

    • yer uchastkasini olib qo‘yishga zarurat tug‘ilganda birinchi navbatda hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida OAV ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi;
    • hokimlik yoki investor tomonidan dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi, shuningdek, kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar mavjudligi o‘rganiladi;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishidagi foyda va xarajatlar o‘rganib chiqiladi, resurslar yetarli bo‘lganida hamda foyda va xarajatlardan ustun kelgan taqdirda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Hokimliklar yer uchastkasi olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli emas;
    • hokimlik yoki investor va mulkdorlar o‘rtasida kompensatsiya turi, miqdori va berish muddati kelishiladi va ushbu kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi.
    Kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Bundan tashqari olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan binoni buzish ham adliya organlarining ijobiy xulosasidan keyingina amalga oshirilishi belgilandi.

    Ta’kidlab o‘tish lozimki, yangi tartib kuchga kirgandan keyin (2020-yil 1-yanvar) “snos” masalasida muammo bo‘lgani yo‘q. “Snos”ning ikkinchi to‘lqini haqidagi gaplar esa mutlaqo asossiz, “publika”ga o‘ynashdan boshqa narsa emas.

    Mavzuga doir: Rasul Kusherbayev: “Odamlarni norozi qilgan “snos” epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganligiga guvoh bo‘lyapman”

    Xo‘sh unda masala nimada?

    Hozirda ba’zi hududlarda ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yoki noqonuniy hujjat asosida ajratilgan yerlarda qurilgan uy-joylar belgilangan tartibda buzilishi rejalashtirilgan.

    Noqonuniy hujjat albatta o‘z-o‘zidan qabul qilinmaydi (tanish-bilish, korrupsiya borligi kunday ravshan, biroq isbot yo‘qligi uchun bu haqda yozmaymiz), bu hujjat qabul qilishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning javobgarligi masalasi albatta tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Ta’kidlab o‘tish lozimki, davlat organining noqonuniy qarori natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanadi. Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi, agar u yerda mablag‘lar bo‘lmasa, zarar davlat budjetidan qoplab beriladi.

    Bundan tashqari 2019-yilda Jinoyat kodeksiga yangi modda qo‘shilib, yer berish tartibini buzganligi uchun javobgarlik chorasi kiritildi.

    Bugungi kunda fuqarolar tomonidan hududlardagi sug‘oriladigan ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borish holatlari ko‘p uchramoqda.

    O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar esa o‘z nomi bilan noqonuniy yerlarda, ruxsatnomasiz, qurilish normalarini buzgan holda qurilgan binolar yoki ishnootlardir.

    Amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi, uni sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

    Bunday imoratlar 15 kun ichida imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs hisobidan buzib tashlanishi lozim. Shuningdek, buzish ishlari yoki buzilgan imorat uchun umuman kompensatsiya berilmaydi.

    Aytib o‘tish joizki, Hukumatning 2019-yil 16-noyabridagi 911-son qarorida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyning ham qoplanishi lozimligi qayd etilgan. Shuni unutmaslik kerakki, bunda kompensatsiya fuqarolarga qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkalaridagi mulklar “snos”ga tushganida, unda joylashgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun to‘lanadi xolos. Boshqa har qanday holatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun kompensatsiya to‘lanmaydi. Ya’ni yer egallab olingan hech bir holatda kompensatsiya to‘lanmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Navoiy hokimligi binosi oldida o‘nlab odamlar “snos”larga qarshi norozilik namoyishi uyushtirdi (video)
    • Surxondaryoda uyi “snos”ga tushgan ayol egniga Prezidentning rasmini yopishtirib olib, bolta bilan norozilik bildirdi (video)

    12.02.2020, 18:24   Izoh (0)   37259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samara—Chimkent trassasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi

    12.02.2020, 18:10

    O‘zbekistonda milliy uslubdagi graffitilar yaratishga qonunan ruxsat berilishi mumkin

    12.02.2020, 17:56

    IIV Xorazmda koronavirusga chalingan bemor izolyatsiya qilingani haqida xabar tarqatdi. Aslida bu o‘quv mashg‘uloti edi

    12.02.2020, 17:24

    Chinozlik Ahmadboyga nisbatan to‘rtinchi sud ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

    12.02.2020, 17:09

    Peterburgda o‘smir yigit 25 yoshli o‘zbekistonlik migrantning yuziga qarata o‘q uzdi

    12.02.2020, 16:39

    O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

    12.02.2020, 16:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.