“Real” klubi hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi Xitoydan juda foydali taklif olgani haqida gapirdi.
— Demak, Xitoy. O‘tgan yozda nima sodir bo‘lgandi?
— Garet rad etib bo‘lmaydigan taklif olgandi. Biroq “Real” uni sotmadi. Xitoy klubi madridliklar so‘ragan pulni to‘lay olmadi.
— Jiddiy aytyapsizmi? Bu dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun to‘g‘ri variantmi?
— Ha, Beyl u yerda meros yaratmoqchi edi. Xitoy futbolini ko‘tarishni istagandi. Unda Xitoy futbolini buyuklik sari olib borish g‘oyalari bor edi. U yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinni qo‘lga kiritdi va buni ko‘p bora takrorladi.
—Beyl “Real”da baxtlimi?
— Xitoy bu boshqa masala. U Chin yurtiga yo‘l olgan ilk buyuk futbolchi bo‘lishi, o‘zidan meros qoldirishi kerak edi. Pul ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu transfer Beylni dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga alyantirar edi, — deydi Barnet.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)