O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida ham ish boshladi.
“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, Ermatov sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, u O‘FA vitse-prezidentligida ham qoladi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq FIFA hakami Ravshan Ermatov 2019-yilning iyun oyida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)