Professional boksning yarim yengil vazn toifasida (-57,15 kg) o‘zbekistonlik Abdulhay Shorahmatov o‘zining debyut jangini 8-fevral, shanba kuni, Filippinning San-Fernando shahrida o‘tkazdi.
To‘rt raundga mo‘ljallangan jangda Shorahmatovga mezbon Benji Ebido raqiblik qildi. Jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Abdulhay raqibining tana qismiga kuchli zarbalar berib raqibini nokautga uchratdi.
Shu tariqa Shorahmatov professional boksdagi debyutini nokautli g‘alaba orqali nishonladi.
Ma’lumot uchun, Shorahmatov Uzbek Tigers jamoasi safida WSB musobaqasi doirasida oltita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. -56 kg vazn toifasida uch marta O‘zbekiston chempioniga aylangan. Shuningdek, u Islom birdamlik o‘yinlari g‘olibi sanaladi
Izoh (0)