Toshkentning Sergeli tumanida “Gazel” mashinasi yuk poyezdiga urildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 6-fevral, payshanba kuni, soat taxminan 15:30 larda sodir bo‘lgan.
1988-yilda tug‘ilgan M.X. “Gazel” (“GAZ-3302”) yuk mashinasini Yangiyo‘l tumani “Chortoq” mahallasi Chortoq ko‘chasi orqali Sergeli tumani tomonidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li tomonga haydab ketayotganda shu yo‘lning temir yo‘l kesishmasi kesishgan chorrahasidan Chirchiq daryosi tomonidan Zangiota tumani yo‘nalishiga harakatlanib kelayotgan 1991-yilda tug‘ilgan mashinist S.A. boshqaruvidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga tegishli TEM-2 rusumli teplovozning plita ortilgan vagon platformasiga urilgan.
Tan jarohati olganlar yo‘q, “Gazel”ning salon va kuzov qismi shikastlangan.
Izoh (0)