4-fevral kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov raisligida OTM rektorlari, Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarma boshliqlari, akademik litsey direktorlari ishtirokida videoselektor o‘tkazildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 31-yanvar kuni davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarini ilmiy metodik ta’minlash uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bazaviy OTM belgilandi.
Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari etib belgilandi.
Mazkur OTMga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bazaviy ta’lim muassasalarining mas’ul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik seminarlar tashkil etiladi.
Izoh (0)