Denov tumanida joriy yil 21-yanvar kuni soat 18:00 da ichki ishlar xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tadbir davomida Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida yashovchi, 27 yoshni qarshilagan X.S. qaramog‘idagi 2 yosh-u yetti oylik o‘g‘lini tumanning “Bahoriston” mahallasi hududida joylashgan oshxonalarning birida 5 million so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
X.S.ga nisbatan 2020-yil 3-fevral kuni Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)