5-fevral kuni soat 02:50 larda Boysun tumani A.Termiziy ko‘chasida joylashgan 1857 metr kvadrat yer maydonidagi maishiy buyumlar bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Yong‘in oqibatida savdo kompleksidagi 51 ta savdo rastalari va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalariga jiddiy zarar yetgan.
Tan jarohati olgan fuqarolar mavjud emas.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)