“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 22-turi doirasida “Fiorentina”ga qarshi kechgan bahsda dublga erishdi (3:0).
34 yoshli portugaliyalik futbolchining rasmiy o‘yinlarda urgan gollari soni 722 taga yetdi. Buning evaziga Ronaldu Gerd Myullerni (720 ta gol) ortda qoldirgan holda faoliyati mobaynida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Bu ro‘yxatni 767 gol bilan afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele boshqarmoqda. Uning vatandoshi Romario (734) ikkinchi o‘rinni band etgan. Shuningdek, Frens Pushkash (706) va Lionel Messi (705) kuchli beshlikdan o‘rin olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)