Dog‘iston poytaxti Maxachqal’ada 5 qavatli uyning birinchi qavatida maishiy gaz portlashi ro‘y berdi. Bu haqda “Interfax” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida uy yaqinidan o‘tib ketayotgan 12 yashar bola jabrlandi. U respublika klinika kasalxonasiga yetkazildi, yengil darajada jarohat olgani aytilmoqda.
Portlash yuz bergan kvartirada balkon to‘sig‘i tushib ketgani, boshqa vayronagarchiliklar bo‘lmagani aytilmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga gaz sizishi ro‘y bergan uy yerto‘lasiga bola tomonidan gugurt cho‘pi tashlanishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)