Xitoyda kamida 2002 kishi yangi koronavirus qo‘zg‘agan pnevmoniya bilan kasallangani tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat tibbiy muassasalariga tayanib, Meduza xabar berdi.
Oldinroq Xitoy rasmiylari 1975 nafar xasta haqida xabar bergandi. 300 dan ortiq kishi og‘ir holatda ekani aytilmoqda.
Yana deyarli 2,7 ming kishida ushbu tashxis gumon qilinmoqda.
26-yanvar holatiga virusdan halok bo‘lganlar soni 56 kishiga yetdi.
Izoh (0)