24-yanvar, juma kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Suhbat davomida tomonlar Sergey Lavrovning 16-yanvar, payshanba kuni Toshkentga tashrifi davomida o‘tkazilgan muzokaralar natijalari va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, Lavrov suhbat chog‘ida Abdulaziz Komilovni tashqi ishlar vaziri lavozimiga qayta tayinlangani bilan tabriklagan.
Mavzuga doir: Foto: Sergey Lavrov uchun lag‘mon
Izoh (0)