Daryo

Shavkat Mirziyoyev MDHga a’zo davlatlarning norasmiy sammitida qatnashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutib oldi

1 daqiqa o‘qish62 294 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020-yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi yakunlandi va O‘zbekistonga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 17-dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan borib, o‘sha yerdan to‘g‘ri Sankt-Peterburgga uchgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar