O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan Mirsobit Ochilov Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va do‘stona aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Yaponiya Imperatori nomidan orden bilan mukofotlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Diplomatga ordenni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama topshirdi.
Mirsobit Ochilov 2001—2008-yillar oralig‘ida O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan G‘ayrat Fozilov 2017-yili ushbu lavozimga tayinlangan edi. 2019-yilning aprelida taniqli yapon aktrisasi Maeda Atsuko O‘zbekistonning Yaponiyadagi faxriy turizm elchisi etib tayinlangandi.
Izoh (0)