UzAuto Motors xaridorlarni sotuvda mavjud avtomobillarni Trade-in dasturi orqali xarid qilishga chaqirdi. Trade-in dasturiga asosan eski mashinani rasmiy dilerga topshirib, o‘rniga yangisini olish mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.
Bunda yangi va eski mashina qiymatlari hisob-kitob qilinib, mijoz yangi olgan avtomobilning narxdagi farqini to‘lab beradi.
Avtomobilni yangisiga almashtirish tartibi:
- avtosalonda yangi avtomobil tanlanadi;
- avtosalon mutaxassisi mijozning eski avtomobili texnik holati va ishlab chiqarilgan yili bo‘yicha baholaydi;
- avtomobilni yangisiga almashtirish bo‘yicha shartnoma imzolanadi, bitim notarial tasdiqlanishi shart emas;
- yangi mashina narxi eskisining qiymati bilan solishtirilib, xaridor oradagi farqni to‘lab beradi.
Izoh (0)