Tesla elektromobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning aksiyalari qiymati 13-yanvar kuni o‘z tarixida birinchi bor 500 dollardan oshdi, deb xabar beradi Meduza.
Savdolar ochilganidan boshlab aksiyalar narxi 10 foizga ko‘tarilgan, ayni vaqtda uning narxi 525 dollarni tashkil etmoqda.
Bir oydan kamroq vaqt ichida Tesla aksiyalari 20 foizga o‘sdi — bu Tesla 3 modelini Xitoydagi xaridorlarga yetkazib berish boshlanganidan so‘ng sodir bo‘ldi. Mazkur modellar o‘tgan yili Shanxayda ochilgan zavodda yig‘ilgan.
Hozirda Tesla’ning umumiy kapitalizatsiyasi 91 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Bu esa Ford va General Motors’ning birgalikdagi kapitalizatsiyasidan ham ko‘p demakdir.
So‘nggi sakkiz oy ichida Tesla aksiyalarining narxi uch barobarga o‘sdi — 2019-yil may oyi oxirida donasi 177 dollar turgan bo‘lsa, yozda 250 dollar atrofida edi.
Izoh (0)