• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi

    Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar, chorshanba kuni eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum bo‘lishicha, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida o‘tgan 2019-yilda O‘zbekistonda eksport hajmi 28 foizga o‘sib, hududiy sanoat eksporti qariyb 2 barobarga oshgan.

    Mazkur yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarni yanada oshirish maqsadida bu yildan boshlab prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash va monitoring qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, eksport prognozi 3 yillik qilib tasdiqlandi. 2020-yil rejasi o‘tgan yilgi natijalar bilan solishtirganda 22 foiz ko‘proq qilib belgilandi.

    Videoselektor yig‘ilishida eksport, investitsiya va mahalliylashtirish yo‘nalishlariga mas’ul mutasaddilarning vazifalari ko‘rib chiqilib, har bir dollardan unumli foydalanish bo‘yicha hududlar va tarmoqlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati belgilandi.

    Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida bundan buyon tarmoq yoki hududning masalasi degan sansalorlik bo‘lmasligi, eksport prognozi ijrosini ta’minlashga har bir vazir, xo‘jalik birlashmasi rahbari hokim bilan birga teppa-teng javob berishini ta’kidladi.

    Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga joriy yilgi eksport prognozi ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, mahsulotlarni qayerga, qachon eksport qilish va buni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash vazifasi yuklatildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga paxta tolasini qayta ishlash quvvatlarini 80 foizga yetkazish, yangi korxonalar hisobiga eksport nomenklaturasini diversifikatsiya qilish hamda geografiyasini kengaytirish topshirildi.

    O‘zbekistonda eksportyorlarining salohiyatli bozorlarga kirishini yengillashtirish uchun imtiyozli savdo rejimini joriy etish, “GSP+” umumiy preferensiyalar tizimiga qo‘shilish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda meva-sabzavotlar eksporti masalasi ham muhokama qilindi. Meva-sabzavot ekinlarini eksport talabidan kelib chiqib optimal joylashtirish, salohiyatli tashqi bozorlarda savdo uylari va dilerlik tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ixtisoslashgan 55 ta tumanda meva-sabzavotlar ishlab chiqarishni klaster shakliga o‘tkazish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

    “O‘zstandart” agentligiga hududiy hokimliklar bilan birgalikda 155 ta fermer xo‘jaligida “Global G.A.P.” xalqaro standartini joriy etish, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlar talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Eksport faoliyati jozibadorligini oshirish uchun eksport va eksportoldi moliyalashtirish tizimini tashkil etish, tashish xarajatlarini qoplash mexanizmini kengaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

    Videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni jalb etish masalalari tahlil qilindi. O‘tgan yili barcha manbalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning qariyb 30 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, sanoati rivojlanmagan, olis tumanlarga ham katta investitsiyalar kirib borib, umumiy qiymati 5,4 milliard dollar bo‘lgan 145 ta tarmoq va 167 ta hududiy loyihalar ishga tushirildi.

    2020-yildan Investitsiya dasturlari yangi tizim asosida ishlab chiqildi. Shu yil uchun 1569 ta xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan shu yilda 233 trillion 200 milliard so‘m, jumladan, 7,1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

    Yig‘ilishda tarmoqlar va hududlar rahbarlari bu borada amalga oshirishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab berildi. Tegishli vazirlik, idora va ho‘jalik birlashmalari rahbarlariga tarmoq loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha javobgarlik yuklandi. Hududlarda amalga oshiriladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokidagi har bir loyihaga respublika idoralari rahbarlari mas’ul sifatida biriktirildi.

    Mutasaddilarga galdagi loyihalar bo‘yicha loyihaoldi ishlarini yakunlab, xorijiy investorlar bilan shartnomalar imzolash va ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Bundan tashqari, videoselektorda bu yilgi budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalar ijrosi ham muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev budjet mablag‘larining samarali sarflanishi, belgilangan 2 ming 190 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2020-yilda 372 ta bolalar bog‘chasi, 343 ta maktab, 228 ta tibbiyot muassasasi, 61 ta oliy o‘quv yurti, 44 ta sport inshooti, 187 ta ichimlik va oqova suv tarmog‘i, 241 ta irrigatsiya va melioratsiya obyektida qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan. O‘tgan yili boshlangan loyihalarni sifatli amalga oshirish, yangi obyektlar bo‘yicha tender savdolarini yakunlash va moliyalashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish, investitsiyalar samaradorligini baholashda muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Mutasaddilarga xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tarmoqlar va hududlar bo‘yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish, bunda jalb qilinayotgan investitsiyalar samaradorligi va iqtisodiy-ijtimoiy ta’sirini baholash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni yo‘naltirish uchun yetakchi sohalarni belgilash vazifasi qo‘yildi.

    2019-yil yakuni bo‘yicha lokalizatsiya doirasida 800 dan ortiq loyihalar ishga tushirildi. Xususan, polivinilxlorid, katanka, elektrodvigatel, shisha idishlar, maishiy texnika, har xil dori-darmonlar va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

    Shu yildan boshlab mahalliylashtirish dasturini yangicha yondashuvlar asosida shakllantiramiz, dedi davlatimiz rahbari. Xususan, 830 ta loyiha doirasida 9 trillion so‘mlik yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zagrotexsanoat-xolding” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, “Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish” agentligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, shuningdek, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari aniq loyihalarni amalga oshirishlari lozimligi qayd etildi.

    Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir vazirlik va idora bilan birgalikda bir oy muddatda 2020-yil mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

    Davlati rahbari loyihalarni amalga oshirishda asosiy e’tibor mahsulotning raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligiga, tannarxini kamaytirishga qaratilishi kerakligini ta’kidladi.

    “O‘zstandart” agentligiga tadbirkorlik subyektlariga import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish belgilandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy nazorat o‘rnatish topshirig‘i berildi.

    Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga joylardagi mas’ullar bilan birgalikda Respublika sanoat yarmarkasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Videoselektor yig‘ilishida mutasaddi rahbarlarning hisoboti eshitildi, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.

    15.01.2020, 20:12   Izoh (0)   26161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “‘Yuz-ko‘zingni o‘yib olaman’ deydigan ayollar bor ekan”. Deputat Kalonov — saylovoldi uchrashuvlari va deputatlar majburiyati haqida

    15.01.2020, 18:56

    Davlat monopoliya qo‘mitasi O‘zbekistonda 2019-yilda amalga oshirilgan eng yirik beshta savdo kelishuvini e’lon qildi

    15.01.2020, 18:42

    2019-yilda onlayn auksionlar orqali 156,1 mlrd so‘mlik chiroyli raqamlar sotildi

    15.01.2020, 18:26

    “O‘zgidromet” 16-yanvarda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor

    15.01.2020, 18:11

    O‘zLiDePni bir jinsli nikohlarni qo‘llashda ayblagan deputat Toshkentning Deputatlik odobi komissiyasiga rais bo‘ldi

    15.01.2020, 17:40

    Qashqadaryoda 50 ta yangi bog‘cha paydo bo‘ldi

    15.01.2020, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.