Davomi: “Bolaning boshi panjaraga tiqilib qolgandi”. 5-qavatdan tushib ketgan bola voqeasi tafsilotlari
Videoda bolani uy derazasi panjarasiga osilib qolgani, so‘ng pastga tushib ketganini ko‘rish mumkin. Bola pastga qulayotganida uchinchi qavat derazasi tomiga urilgan, so‘ng uni pastda mato tortib turgan bir necha kishi tutib olgan.
14-yanvar soat 16:18 da Olmazor tumani Beruniy dahasi 3-blok 135-xonadondan chaqiruv bo‘lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi o‘z vaqtida yetib borgan. Unda 3 yoshu 11 oylik A.X. uyda yolg‘iz qolganligi sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin uni aholi ko‘rib, pastda adyol tutib ushlab qolgan.Tez tibbiy yordam guruhi 7 daqiqa ichida yetib borgan, birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilgan, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan; ayni paytda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilyapti. Og‘ir jarohat olmagan. Bosh miya chayqalishi deb birlamchi tashxis qo‘yilgan. Ahvoli hozir barqaror.
Furqat Sanayev, Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi
Izoh (0)