O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U23 Osiyo Chempionatining 1-turida Eron bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston ustozi Lyubinko Drulovich matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
“Raqib jismoniy tomondan kuchli ekan. Lekin biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. G‘alabaga yaqinroq edik. Imkoniyatlardan foydalana olmadik. Keyingi uchrashuvlarda ochkolar o‘rnini to‘ldiramiz”.
Qodirqulov va Alijonovning o‘yini borasida
“To‘g‘ri, Qodirqulov va Alijonov og‘ir mavsum o‘tkazdi. Balki bugun ozgina o‘yinga kirisha olmagan bo‘lsada, keyingi uchrashuvlarda ular o‘z darajasini ko‘rsata oladilar”.
Boy berilgan ochko borasida
“Eron 20 daqiqa yaxshi o‘ynadi. Biz esa qolgan daqiqalarda tashabbus bilan o‘ynadik. Golda oddiy xatoga yo‘l qo‘ydik. Oxirida esa biz bir nechta ajoyib imkoniyatlarda gol urolmadik. Mayli, biz ochko yo‘qotdik. Ammo ishonchimiz saqlanib qoldi”.
Keyingi o‘yinlar haqidaOsiyo chempionatida g‘alaba qozonish qiyin, ayniqsa, ketma-ket. Biz mana shu yo‘lni bosib o‘tmoqchimiz. Xitoy bilan uchrashuv biz uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘ylaymanki, biz uni o‘z darajamizda o‘tkazamiz. Guruh kuchli, ochko yo‘qotish mumkin emas. Koreya — favorit. Ammo biz buyog‘iga faqat uch ochko olamiz degan umidim bor.
Oston O‘runovning musobaqaga kelmagani haqida
Men tarkibda yo‘q o‘yinchilar haqida gapirishni istamasdim. Biz ayni vaqtda eng yaxshilarini jalb qildik. Markazda bizda kuchli o‘yinchilar yetarli. Albatta, men ham katta tanlov xohlayman, biroq bizda uchrashuvda 11+3 o‘yinchi ishlatish imkoni bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)