Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Otabek Nuritdinov” taxallusi bilan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirib kelgan fuqaro Abdufatto Nuritdinovning tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolanganiga munosabat bildirdi.
Otabek Nuriddinovni bilmas ekanman, kecha o‘qib eshitdim. Holatdan to‘liq xabardor bo‘lmasam ham, biroq sud, IIB va boshqa organlarning yashin tezligida fuqaroni axborot tarqatgani va o‘z fikrlarini bayon qilgani uchun jazolashga erishgani qandaydir buyurtmani bajargandek taassurot qoldiryapti. Axborot yaxshimi yomonmi bu fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlariga doir masala va bunda shoshma-shosharlik bilan hukm chiqarish to‘g‘ri emas.Men ham bu insonga oid ishlarning to‘liq ochiq, xolis holda jamoatchilikka asoslangan tushuntirish berilishini talab qilaman.
Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Izoh (0)