Yangi yil bayramini tashkil etish munosabati bilan 23-dekabridan 2020-yil 10-yanvarigacha poytaxtdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan:
- Buyuk Turon ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Mustaqillik shoh ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Izoh (0)