Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning qancha oltin eksport qilgani haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2019-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 4,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Mamlakat 2019-yilning yanvar-noyabr oylarida 2018-yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,8 baravarga oshirdi. Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.
Ta’kidlab o‘tish joizki so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollardan, 2016-yilda 738,2 million dollardan, 2017-yilda 1,6 milliard dollardan va 2018-yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Izoh (0)