Dennis Myulenburg Boeing bosh ijrochi direktori lavozimini tark etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan.
“Boeing direktorlar kengashi nazorat qiluvchilar, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish borasida oldinga to‘g‘ri harakatlanayotganiga ishonchni tiklash uchun kompaniya rahbariyatini yangiladi. Yangi rahbariyat qo‘l ostida Boeing to‘liq shaffoflik strategiyasiga amal qiladi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.
Hozirda kompaniya boshqaruvi raisi lavozimini egallab turgan Devid Kalxun Boeing yangi rahbari bo‘lishi aytilmoqda. U “737 Max samolyotining kelajagiga to‘la ishonch bilan qarashi”ni bildirgan.
Ma’lumot uchun, Devid Myulenburg 2015-yilda Boeing kompaniyasi bosh ijrochi direktori lavozimini egallagandi.
Izoh (0)