Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 17-turi doirasida 21-dekabr, shanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Antonio Konte qo‘l ostidagi Milanning “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa”da “Jenoa”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “neradzurrilar” vakillari Romelu Lukaku (31, 71), Roberto Galyardini (32) hamda Sebastyano Espozito (64, penalti) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.
Shu tariqa milanliklar “Jenoa” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik g‘alabaga erishdi (4:0).
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolari sonini 42 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. “Jenoa” esa 11 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.
A Seriya
17-tur bahlari
21-dekabr, shanba
“Udineze”—“Kalyari” 2:1
Gollar: 1:0 — 39 de Paul, 1:1 — 84 Joao Pedro, 2:1 — 85 Fofana“Inter”—“Jenoa” 4:0
Gollar: 1:0 — 31 Lukaku, 2:0 — 32 Galyardini, 3:0 — 64, penalti Espozito, 4:0 — 71 LukakuYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)