Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev 22-dekabrdagi saylovlarga borish yoki bormaslik haqida bir qarorga kela olmayotgan fuqarolarga videomurojaat yo‘lladi.
‘Saylovga borishim kerakmi?’ deb ikkilanayotganlar uchun yana bir bora tavsiya qilmoqchimanki, kunimiz ‘qovunchilarga’ qolmasligi uchun ham saylovga borib, nisbatan yaxshiroq nomzodlarga ovoz berib keling.O‘tgan saylovlarda kelmagan fuqarolar o‘rniga saylov uchastkadagilarning o‘zi o‘zlari istagan nomzodga ovoz berib, pachkalab bo‘sh byulletenlarni to‘ldirib tashlashar edi. Bu yil qanaqa bo‘ladi, Xudo biladi, lekin hech bo‘lmasa o‘rnimizga boshqalar ovoz bera olmasligi uchun ham saylovga boraylik.
Agar kimlardir, masalan hokimto‘ralarning odamlari, qing‘ir yo‘llar bilan saylanishni umid qilib yurgan bo‘lsa, o‘sha noinsoflarning ishini og‘irlashtirish uchun ham saylovlarga borib, nisbatan yaxshiroq nomzodga ovoz berib yoki juda istasangiz hech kimga ovoz bermasdan kelaylik.
Xushnudbek Xudoyberdiyev, huquqshunos va bloger
Izoh (0)