Toshkent viloyatida qurilgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti joriy yilning 21-dekabr kuni rasman ochilishi ma’lum qilingan edi.
21—22-dekabr kunlari O‘zbekistonda kuchli shamol bo‘lib qor yog‘ishi, havo harorati kunduzi 5—7 darajaga sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashrif buyuruvchilarning xavfsizligi qulayligingizni ta’minlash maqsadida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi hududdan o‘tish faqat qishki shinali old va to‘liq g‘ildirakli avtomobillar uchun ruxsat etilishini ma’lum qildi.
Mavzuga doir: Chimyonda ko‘chki xavfi e’lon qilindi
Shuningdek, qayd etilishicha, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti avtoturargohi 500 mashinaga mo‘ljallangani bois avtotransport vositalari avtoturargohning to‘lishiga qarab to‘xtatiladi.
Ochilish marosimidan keyin 22-dekabr kuni olib boriladigan profilaktik ishlar va hududni tozalash ishlari tufayli “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi va mehmonlarning hududga kirishi taqiqlanadi.
Izoh (0)