O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr, juma kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Pulkovo” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
MDH mamlakatlari yetakchilari ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashadi.
Ta’kidlanishicha, 2020-yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raislik qiladi.
Izoh (0)