Bugungi kunda O‘zbekiston ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning 8,5 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Bu haqda 19-dekabr, payshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Ichki ishlar organlarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
IIV Kadrlar bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilishda, shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash jarayonida xotin-qizlarga erkaklar bilan bir qatorda teng huquqlilik kafolatlanadi.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlarida xotin-qizlarga o‘z xizmat vazifasini bajarishda, sog‘liqni saqlash, ta’lim olish sohalarida va boshqa sohalarda teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanadi.
Izoh (0)