Rossiyada bir guruh senator va deputatlar Davlat Dumasiga taksi yo‘lovchilarining xavfsizligini oshiruvchi qonun loyihasini kiritdi. Bu haqda “Yedinaya Rossiya” partiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qonun loyihasida taksi haydovchilariga Rossiya haydovchilik guvohnomalariga ega bo‘lish talabi kiritilgan. Agar hujjat ma’qullansa, xorijiy fuqarolar o‘z haydovchilik malakalarini Rossiya davlat organlarida tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, Rossiya haydovchilik guvohnomasiga o‘tishni uch yil muddatga kechiktirish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, qonunda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar taksi xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, qonun loyihasida agregatorlarni taksida ishlashga ruxsat berilmagan haydovchilari buyurtmalarni olishi uchun moliyaviy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)