AQSh Senati a’zolarining ko‘pchilik qismi bergan ovozlar natijasiga ko‘ra, mamlakatning 2020-yil uchun mudofaa budjeti 738 milliard dollar deb belgilandi va tasdiqdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters. Endi ushbu hujjat imzolash uchun AQSh prezidenti Donald Trampga kiritiladi.
Mudofaa budjetiga Rossiyaning “Shimoliy oqim — 2” va “Turkiya oqimi” gaz quvurlariga qarshi sanksiyalar ham kiritilgan. Amerikalik qonunchilarning fikricha, ushbu chora Yevropaning energiya xavfsizligini ta’minlashga ko‘mak beradi.
Shuningdek, loyihaga Rossiya tajovuzkorligini tiyib turish uchun yana bir nechta chora-tadbir kiritilgan. Jumladan, Ukrainaga halokatli qurollar yetkazib berishda yordam qilish hamda Turkiyaga Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini kiritishni taqiqlash kiritilgan. Turklarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishiga Anqaraning Rossiyadan C-400 “Triumf” zenit raketalarini xarid qilgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)