Ukraina Konstitutsiyaviy sudi prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan taklif qilingan Oliy Radaning uchdan bir qismini qisqartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tan oldi. Bu haqda Konstitutsiyaviy sudning saytida ma’lum qildi.
Sud fikriga ko‘ra Ukraina Konstitutsiyasining 76 va 77-moddalariga kiritilgan o‘zgartirish qonuniy hisoblanadi. Ukraina yetakchisining taklifiga ko‘ra mazkur moddalarda xalq deputatlarining sonini 450 dan 300 ga tushirish va saylov tizimiga o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, qonun loyihasida xalq deputatlari nomzodiga davlat tilida so‘zlashishi shart bo‘lgan saylov talablari kiritilishi belgilangan.
Zelenskiyning tashabbusi Ukraina Konstitutsiyaviy sudi tomonidan ma’qullanganidan so‘ng Oliy Rada qonun loyihasiga ovoz berishga kirishishi mumkin. U birinchi o‘qishda qabul qilinishi uchun 226 tadan ko‘proq ovoz to‘plashi lozim. Biroq ikkinchi urinishda qabul qilinishi uchun 300 tadan ortiq ovoz kerak bo‘ladi va bu Zelenskiy muxolifat bilan kelishishga majbur bo‘lishini bildiradi.
Izoh (0)