Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 17-turida 18-dekabr, chorshanba kuni Mauritsio Sarri boshliq Turinning “Yuventus” klubi mehmonda “Sampdoriya”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida “keksa sinyora” hujumchisi Paulo Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqaga kelib mezbon jamoa yarim himoyachisi Janluka Kaprari hisobni tenglashtirdi (1:1). 45-daqiqada esa Turin klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Aynan shu gol turinliklarning g‘alabasini ta’minladi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Qayd etish joiz, o‘yinning 90-daqiqasida “Sampdoriya”ning goliga mualliflik qilgan Kaprari hakam tomonidan qizil kartochkoa bilan jazolandi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Yuventus” ochkolari sonini 42 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi. “Sampdoriya” esa 15 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
17-tur bahsi
18-dekabr, chorshanba
“Sampdoriya”—“Yuventus” 1:2
Gollar: 0:1 — 19 Dibala, 1:1 — 35 Kaprari, 1:2 — 45 Ronaldu“Sampdoriya”: Audero, Murru (Aujello, 76), Ferrari, Murilyo, Depaoli (Leris, 50), Linetti, Torsbyu, Ramires, Yankto (Gabbyadini, 61), Kaprari, Kolli
“Yuventus”: Buffon, Demiral, Bonuchchi, Aleks Sandro (De Shilyo, 82), Danilo, Matyuidi, Pyanich, Rabyo, Ronaldu, Iguain (Remzi, 69), Dibala (Duglas Kosta, 77)
Ogohlantirishlar: Yankto (43), Pyanich (59), Murilyo (61), Demiral (76), Kaprari (76), Ramires (90)
Chetlatish: Kaprari (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)