• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Monopoliya xalqqa jabr yetkazmasligi kerak

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlar narxlari hamda tariflari normativ hujjatlarda belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi uchun ushbu narxlarni shakllantirish ustidan qat’iy davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish tarafdori.

    Shu maqsadda partiya ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning monopoliyasini cheklash, jumladan, monopol korxonalarni majburiy ravishda bo‘lish va ularning tarkibidan mustaqil xo‘jalik subyektlarini ajratish bo‘yicha qonunchilikka tegishli protsessual me’yorlarni kiritishni taklif etadi.

    Hayotning o‘zi O‘zbekistonda monopolistik faoliyatni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar korxonalari faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, raqobat va uning huquqiy bazasini takomillashtirish iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida asosiy vazifa ekanligini namoyish etmoqda. Zero, so‘nggi yillarda iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi, bozorda turli moliyaviy, iqtisodiy hamda mulkiy munosabatlarning yangi shakllarining rivojlanishi natijasida bozor qo‘ygan talablarni, ya’ni shakllangan munosabatlarni tartib solish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

    Boshqacha aytganda, hozirda monopolistik faoliyatni nafaqat tovar bozorlarida, balki moliya bozorlarida, qimmatli qog‘ozlar bozorida, birja savdolarida ham cheklash choralarini ko‘rishni davlatimizning iqtisodiy rivojlanish darajasi ham talab etmoqda. Shubhasiz, iqtisodiyotda muayyan korxonaning monopoliyasiga barham berilmas ekan, ijtimoiy ahamiyatga molik tovaprlar ham, xizxmatlar narhi ham yuqorligicha qolaveradi.

    To‘g‘ri, sohada oxirgi uch yil mobaynida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 86 ta litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat berish tartib-taomili bekor qilindi. Natijada, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotlar soni 25 foizga ko‘paydi. Ko‘p tarmoqlarda raqobat ortdi: shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, mebel, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishda. Avval yuqori darajada monopoliyalashgan qurilish materiallari, kabel mahsuloti va pul o‘tkazish hizmati kabi sohada yakka hukmronlikka barham berildi. Umuman, mamlakatda monopol korxonalar soni ikki barobar qiskardi. Monopol kompaniyalar vaziyat taqazosi bilan kamaygan bo‘lsa bordir, ammo mamlakatda bojxona sohasi bo‘yicha joriy etilayotgan yangi tartib-taomillar ortidan boshqa yo‘nalishda monopollar vujudga kelishiga sharoit yaratib bermayaptimi? Ammo bu sohada o‘z yechimini kutayotgan tizimli masalalar ko‘zga tashlanmoqda.

    Boz ustiga, tovar va moliya bozorlarida davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavqei baland. Ular monopoliyalarning 80 foizini tashkil qilmoqda va o‘z nazoratlarida ostida bo‘lgan tuzilmalar tashkil etib raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqdalar. Bugun bunday korxonalar soni 4,3 mingdan ortiqni tashkil etadi. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samarasizligi subsidiya berish, soliq va bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlarni taqdim etish shaklidagi davlat ko‘magi bilan qoplanmoqda. Moliya va kapitallar bozorlarida davlat ishtiroki balandligicha saqlanib qolmoqda. Ushbu holat o‘z navbatida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmoqda va bozor mexanizmlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bank sektorining 80 foizdan ortig‘i davlat ishtirokida faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoq regulyatorlari raqobatni rivojlantirishda sustligicha qolmoqda.

    Tabiiy monopoliyalar tomonidan qo‘llanadigan narxlarni shakllantirish usuli xarajatlarni tejash o‘rniga ularni ko‘paytirishni rag‘batlantiradi. Olib borilayotgan islohotlarga qaramay, bozorda, real hayotda o‘zgarishlar, tadbirkorlar oldida turgan to‘siqlar talaygina. Bu to‘siqlar yana o‘sha monopol korxonalarning manfaatiga xizmat qilib, oddiy mehnatkashlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning hayotini og‘irlashtirmoqda. Shu sababli biz monopol korxonalarni majburiy ravishda bo‘lish va ularning tarkibidan mustaqil xo‘jalik subyektlarini ajratish bo‘yicha qonunchilikka tegishli protsessual me’yorlarni kiritishni taklif etamiz.

    Biznes subyektlari uchun bozorga chiqishda sun’iy to‘siqlar hali-xanuz mavjud. Natijada Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof oqimi past darajada saqlanib qolmoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 140-o‘rinni egalladi. Bu vaziyatda, hukumat tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha yo‘l xaritasi qabul qilishni tezlashtirishi kerak. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqkan holda, bu sohadagi faoliyat yuzasidan Senat muntazam ravishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining axborotini eshitish amaliyotini joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Aslida oxirgi o‘n yilliklar butun dunyo miqyosida raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni (ular trestlarga qarshi yoki monopoliyaga qarshi qonunlar deb ham ataladi) yanada rivojlantirish va amaliyotga kiritish davri bo‘ldi. Sobiq sotsialistik lagerni parchalanib ketishi oqibatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning ko‘pchilik mamlakatlari raqobat siyosatining negizi hisoblangan bozor iqtisodiyoti tamoyillarini joriy qila boshlagan bir vaqtda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ham bir joyda to‘xtab qolmay, amaliyotda foydalanilayotgan monopoliyaga qarshi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritib bordilar. Hozirgi kunda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik mavjuddir. Ana shu xalqaro tajribalardan kelib chiqib aytish mumkin, monopoliyaga qarshi kurash raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez o‘zlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega bo‘lish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan g‘olib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya raqobatga zid hodisa, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni ta’minlab, o‘zaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi.

    Raqobat kurash yo‘lini tanlash jihatdan ham halol va g‘irrom raqobatga bo‘linadi. Halol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. G‘irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, ya’ni qalloblik, ko‘zbo‘yamachilik, so‘zida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qo‘porovchilik va hatto jismoniy zo‘ravonlik kabi jinoyatkorona usullar qo‘llaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sog‘lomlashtirib turadi. Raqobatdan jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish va uni nazorat qilishda parlament tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.

    Shunday ekan, raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi. Davlatning raqobatga nisbatan siyosati uning ma’rifatli, madaniy ko‘rinishlari va qoidalarini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, iste’molchilarning manfaatlarini ximoya qilishga, narxlarning asossiz ko‘tarilishi oldini olishga xizmat qiladi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi. Ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning monopoliyasini cheklash, jumladan, monopol korxonalarni majburiy ravishda bo‘lish va ularning tarkibidan mustaqil xo‘jalik subyektlarini ajratish har bir insonning hayotiy ehtiyojlari kafolatli ta’minlanishiga olib keladi.

    Saylovlarda Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz bering!

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi axborot xizmati

    Reklama huquqi asosida.

    18.12.2019, 15:00   Izoh (0)   19246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiyada “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyati taqdimot qilindi

    18.12.2019, 13:38

    Narimon Umarov “Chorsu” bozorida saylovchilar bilan uchrashdi

    18.12.2019, 12:00

    Oq saroy – Yangi yilga yangi takliflar

    18.12.2019, 10:30

    Erkaklarga bahonalar yoqmaydi. Ayollar, yaxshisi muammoni hal qiling

    18.12.2019, 09:00

    “O‘zmilliybank” AJ “Sumitomo Mitsui” moliyaviy guruhi bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kelishuv imzoladi

    17.12.2019, 18:00

    20-dekabrdan 5-yanvarga qadar Humo Arena muz saroyida mo‘jizaviy “Coca-Cola New Year Festival 2020” bo‘lib o‘tadi

    17.12.2019, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Arsenal” yetakchisi 4 haftaga safdan chiqdi

    Sport | 25 avgust, 17:01

    Ilon Mask Starship kosmik kemasi uchirishilini so‘nggi daqiqada bekor qildi (video)

    Dunyo | 25 avgust, 17:00

    Malika Diana vafotining 30 yilligiga bag‘ishlab film suratga olinadi

    Layfstayl | 25 avgust, 16:49

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:41

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 305 so‘mgacha tushdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:21

    O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 16:12

    “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi qanday suratga olingan?

    Kino | 25 avgust, 15:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.