• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Milliy tiklanishdan — Milliy yuksalish sari birmiz, qo‘lni qo‘lga beramiz!

    Bugungi tub islohotlar sabab, siyosiy hayotimizda ham muhim o‘zgarishlar yuz beryapti. Yurtdoshlarimizning huquqiy madaniyati yuksalib, qonun, qaror va davlat dasturlariga takliflar bildira boshladik. Parlament, hukumat va deputatlar oldiga dolzarb muammolarni ochiq-oshkora qo‘yib, yechimini talab qilayapmiz. Ya’ni, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari halqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili hayotimizda o‘z isbotini topyapti.

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bu jarayonda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini o‘zi uchun dasturilamalga aylantirdi.

    Partiya saylovlar arafasida o‘z elektorati va xayrixohlari talabidan kelib chiqqan holda yangi O‘zbekistonda yangi saylovlarni tashkil etishga qaratilgan saylov taktikasini, muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun Yo‘l xaritasi, shuningdek, tadbirlar dasturini ishlab chiqdi. Saylovlarda partiyaning munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 1 710 nafar, mahalliy Kengashlarga jami 23 220 nafar nomzodlar zahirasi shakllantirildi. Ularning 40 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2014-yilga nisbatan 6,7 foizga ko‘pdir.

    Albatta, siyosiy maydonda odamlar ishonchini qozonish uchun davlat va jamiyat farovonligiga birdek xizmat qiluvchi Platforma zarur edi. Shundan keyin aholi talabidan kelib chiqqan holda “Insonni o‘zgartirish orqali, jamiyatni o‘zgartiramiz” g‘oyasi ostida partiya Dasturi va 2020—2025-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturi ishlab chiqildi.

    Partiya, shuningdek, jamiyatimiz uchun eng og‘riqli masala — tarbiya masalasini o‘zi uchun eng dolzarb vazifa sifatida tanlab oldi. Zero, inson ahloqi, ta’lim-tarbiyasiga avvalo oila, ota-ona mas’ul. Ammo O‘zMTDP bu jarayonda qulay sharoit yaratishga o‘zini ham javobgar deb hisoblaydi.

    Shu o‘rinda, partiya tarixida birinchi marotaba saylovoldi Platformasi loyihasini muhokama qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanganini qayd etish lozim. Partiyaning Saylovoldi platformasi deyarli barcha tuman va shaharlarda 4 448 ta turkum uchrashuvlar, davra suhbatlari, ochiq muloqot, vidokonferensiyalar shaklida to‘rt bosqichda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.

    Ushbu tadbirlar doirasida 50 ga yaqin roliklar, filmlar, lavhalar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Natijada O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylovoldi Platformasi yuzasidan 14 mingga yaqin takliflar kelib tushdi. Unda yarim millionga yaqin fuqaro bevosita ishtirok etdi. Partiyaning saylovoldi Platformasi loyihasini tayyorlashga davlat va jamoat arboblari xususan, ma’naviy-ma’rifiy sohada O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ibrohim G‘ofurov, “O‘zbekkino” Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, iqtisodiy sohani takomillashtirish bo‘yicha “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Xoshimov, axborot sohasida taniqli jurnalist, yozuvchi, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammadlar maslahatchi sifatida jalb etildi.

    O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tashabbusi bilan viloyat va tuman markazlarida partiyaning yangi saylovoldi Platformasiga bag‘ishlangan mitinglar bo‘lib o‘tdi. “Birmiz! Qo‘lni qo‘lga beramiz!” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida Markaziy kengash a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari va partiyaga xayrixoh bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

    Partiya saylovoldi dasturida bosh siyosiy shior sifatida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” shiori belgilab olindi. “Insonni o‘zgartish orqali jamiyatni o‘zgartiramiz!” g‘oyasi esa asosiy g‘oya sifatida ilgari surildi. Ana shu g‘oyani amaliyotga joriy etish maqsadida uzluksiz tarbiya tizimini yaratish, oilani mustahkamlash maqsadida ayollarga qulay turmush va mehnat sharoitini yaratish, hamda ularning ish soatlarini qisqartirish, o‘qituvchiga qulay mehnat sharoitini yaratish, parlamentni “xalq uyi”ga aylantirish, davlat tili maqomini oshirish, muqobil kreditlash tizimini amaliyotga tatbiq etish, turizmni rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etish, xalq tabobatini rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlarimiz manfaatini izchil himoya qilish, tabaqalashtirilgan kommunal to‘lov tizimini joriy etish kabi dolzarb masalalar partiya saylovoldi Dasturiga kiritildi.

    Aziz yurtdoshlar!

    Kim bo‘lishimiz va qanday sohada faoliyat ko‘rsatishimizdan qat’iy nazar bugun barchamizni yagona maqsad birlashtirib turadi. Bu xalqimiz farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilish, yoshlarimizni ona Vatan qadriga yetadigan komil insonlar etib kamol toptirish, ma’naviy va milliy qadriyat, urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalashdir. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda bundag buyon xalq ishonchini qozonish uchun partiyaning yuqori organidan tortib eng quyi bo‘g‘inlari bir g‘oya ostida harakat qilishini, yurtdoshlarimiz manfaati uchun tinimsiz izlanishini ma’lum qiladi. Baxt birlasha olishdadir. Saylov esa haqiqiy ma’noda xalq tanlovi bo‘lishi lozim.

    Qadrli vatandoshlar!

    Yurt tinchligiga hissa qo‘shish, farovonlikni ta’minlashda jon fido qilish, Vatanimiz taraqqiyotini barqarorlashtirish jarayonida faol ishtirok etish bu — “Milliy tiklanish” partiyasining eng asosiy vazifasidir.

    Hurmatli saylovchilar!

    O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi uchun saylovda ishtirok etish – bu, eng avvalo, Sizlar ishonch bildirgan vakillar orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishdan iboratdir.

    Partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodlarning hokimiyat vakillik organlariga saylanishi, bu nafaqat saylovchilarning yuksak ishonchi, balki Yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va Xalq farovonligi yo‘lida faol va fidokorona mehnat qilishga shaylangan bo‘lajak deputatlarga berilgan imkoniyat hamdir.

    Deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturi va undagi tashabbuslar esa jonajon Vatanimizni birgalikda taraqqiy ettirishga doir takliflar majmuasidir.

    Partiyamizning saylovoldi Dasturida belgilangan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar – bu islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishning debochasi ekanini ham alohida ta’kidlaymiz.

    Partiyamiz aniq va samarali natijalarga erishish uchun barchangizni Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga, tashabbuskor bo‘lishga chaqiradi.

    Ishoning, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomzodlariga bergan ovozingiz – bu Sizu bizning keyingi besh yillikdagi hayotimiz borasidagi tanlovingizdir!

    Qo‘lni qo‘lga beraylik, azizlar!

    22-dekabr kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!

    O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi axborot xizmati

    Reklama huquqi asosida.

    18.12.2019, 18:00   Izoh (0)   31956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zmilliybank” “Gazprombank” hamkorligida seminar trening o‘tkazdi

    18.12.2019, 16:30

    Monopoliya xalqqa jabr yetkazmasligi kerak

    18.12.2019, 15:00

    Yaponiyada “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyati taqdimot qilindi

    18.12.2019, 13:38

    Narimon Umarov “Chorsu” bozorida saylovchilar bilan uchrashdi

    18.12.2019, 12:00

    Oq saroy – Yangi yilga yangi takliflar

    18.12.2019, 10:30

    Erkaklarga bahonalar yoqmaydi. Ayollar, yaxshisi muammoni hal qiling

    18.12.2019, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kanada bilan savdo muzokaralari to‘xtatiladi” — Tramp (video)

    Dunyo | 28 iyun, 18:35

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslar qachondan tiklanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:15

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 17:55

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.