• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Deniel Kizning “Eljernon uchun gullar” qissasi haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Bolaligimda juda ko‘p fantastik asarlar o‘qir edim. Deniel Kiz asarlari bilan ilk bor talabalik davrlarimda tanishganman. Buning tarixi juda qiziq. O‘sha paytlarda men St1m taxallusli rep ijrochisining qo‘shiqlarini tinglab yurar edim. Keyinchalik u alter-egosiga ega bo‘ldi. Ya’ni yuzini niqob bilan yashirib, umuman boshqa taxallus ostida ijod qila boshladi. Uning yangi taxallusi “Billi Milligan” edi. Internetda Billi Milligan kimligiga qiziqib ko‘rdim. Billi Milligan ismli shaxs psixiatriyada misli ko‘rilmagan fenomen inson edi. U haqda ko‘proq o‘qishga qiziqib, Deniel Kizning “Billi Milliganning sirli tarixi” nomli kitobini topdim. Asar meni juda qoyil qoldirdi. Shundan keyin uning bundan ham zo‘r yozilgan “Eljernon uchun gullar” asarini qo‘lga oldim.

    Asar haqida

    Deniel Kizning bu ilmiy-fantastik hikoyasi 1959-yili “Fentezi va ilmiy fantastika” jurnalining aprel sonida nashr etilgan. Eng yaxshi qisqa ilmiy hikoya nominatsiyasida 1960-yilda “Xyugo” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Kelajakda Kiz hikoyani shu nom ostida to‘liq roman sifatida yozdi. Roman 1966-yilda “Nebyula” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    “Charli” filmidan kadr

    Roman g‘oyasi 14 yil davomida shakllangan. Uni yozishda Kiz hayotidagi voqealardan ilhomlangan. Bularning barchasi 1945-yilda, ota-onasi Deniel yozuvchi bo‘lishiga qarshi turishi tufayli kelib chiqqan mojarodan boshlangan edi. Kiz bu ota-onasi bilan munosabatlariga putur yetkazishini his qildi. Shunda unga ilk bor inson aqlini tashqi omillar bilan oshirish g‘oyasi keldi. Asosiy voqealar 1957-yilda, Kiz aqli zaif nogiron bolalar maktabida ingliz tilidan dars berib yurganida yuz berdi; talabalardan biri undan: “astoydil o‘z ustimda ishlasam va aqlli bo‘lib qolsam, oddiy maktabga ko‘chib o‘tishim mumkinmi?” deb so‘ragan edi o‘shanda.

    Annotatsiya

    O‘ttiz ikki yoshli Charli Gordon – aqliy zaif. Uning ishi, do‘stlari va juda kuchli o‘qib-o‘rganish istagi bor. U aqlli bo‘lish umidida xavfli ilmiy eksperimentda ishtirok etishga rozi...

    Bu fantastik hikoya ajoyib psixologik kuchga ega. U bizni axloqning umuminsoniy masalalari to‘g‘risida o‘ylashga majbur etadi. Bir-birimizning ustimizdan tajriba o‘tkazishga haqlimizmi, bu qanday natijalar keltirishi mumkin va “eng aqlli” yoki “eng yolg‘iz” bo‘lib qolish uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan narximiz qancha? Bulgakovning “Ityurak” va Jek Londonning “Martin Iden” asarlarida ko‘tarilgan savollarga Deniel Kiz ushbu romanida aniq javob beradi.

    Tahlil

    Bu zaif aql-idrokka ega bo‘lgan, nonvoyxona polini tozalovchi bo‘lib ishlaydigan o‘ttiz ikki yoshli Charli Gordon haqidagi hikoya. Charli rivojlanish qobiliyatiga ega bo‘lmagan aqli zaif bolalar maktabi o‘qituvchisi Alisa Kinnianning e’tiborini o‘ziga tortadi. Alisa uni tajriba o‘tkazishni istagan universitet tadqiqotchilariga tavsiya etadi. Ular jarrohlik usullari yordamida inson aqlini oshirish usulini topgan edi. Charli bu tajribada birinchi bor sinaluvchi insonga aylanadi. U laboratoriyada undan oldin operatsiyadan o‘tgan tajriba sichqoni Eljernon bilan tanishadi.

    Charli hayotini yozib borish uchun kundalik tutadi va unda rivojlanishini yozib borish tartibiga rioya etadi. Boshida uning yozuvlari tushunarsiz va imlo xatolariga to‘la. Operatsiyadan so‘ng Charlining idroki bilan birga kundalikdagi yozuvlari ham asta-sekin yaxshilanishni boshlaydi. Siz buni sezasiz. Uni oldinda nimalar kutayotgan ekan-a...

    Transsendent aqlni qanday tasvirlash mumkin? Yozuvchi buni tasvirlab bera oladigan darajada qobiliyatga ega bo‘lsa ham, qanday qilib o‘quvchi uni tushunishiga va personajga nisbatan hamdardligiga erishishi mumkin? “Eljernon uchun gullar” asaridagi Deniel Kizning ajoyib muvaffaqiyati aynan shu maqsadga erishish uchun ochib berilgan ritorikada bo‘ldi.

    Fikrimcha, roman o‘z vaqtida ushbu format bo‘yicha juda original g‘oyaga ega bo‘lgan bo‘lsa kerak. Hozirgi kunda bu g‘oya atrofiga qurilgan ko‘pgina kitoblar mavjud bo‘lib, ular ham tarixini aytib berish uchun shunday gazeta texnikasidan foydalanadi.

    Hozir bu format unchalik yangilik emas, ammo men hali ham bu uslubni yaxshi ko‘raman. Oxir-oqibat bizning davrga kelib bu kitob fantastik emas, oddiy va hissiy kitobga aylanib, uning ovozi butun dunyoga yetib boradi. Mark Xeddonning “Itning tunda sirli o‘ldirilishi” asari kabi.

    Xususan, men oldinroq o‘qigan Elizabet Munning “Qorong‘ulik tezligi” romani ushbu roman bilan juda o‘xshash mavzuga bag‘ishlangan. U roman ham davolash taklif qilingan yosh autist bemor haqida edi. “Eljernonga atalgan gullar”ni o‘qigach, yuqoridagi asar undan qariyb 50 yildan keyin yozilgani tufayli plagiatga o‘xshaydi.

    “Eljernonga atalgan gullar” ilmiy fantastika deb tasniflansa ham, bu yerdagi yagona “fantastika” operatsiyaning o‘zi xolos. Hikoyaning qolgan qismlari inson psixologiyasiga bag‘ishlangan doston bo‘lib, u mutlaqo realdir.

    Deniel Kiz.

    Deniel Kiz.
    Foto: “NTV”

    Keling sizga rostini aytay, bu juda qayg‘uli hikoya. Sahifalar davomida qahramon nihoyat xotiralarini saqlab qolishi bilan u hayotda qanday azoblarni boshdan kechirganini tushunasiz. Eng yomoni, u odamlarning unga bo‘lgan munosabatidan bexabar edi.

    Yana ham yomoni, Charli atrofda nimalar sodir bo‘layotganini va do‘stlari deb taxmin qilgan insonlar uning ustidan kulayotganini anglay boshlaganida edi.

    Personajni butun asar davomida atrofdagilarning unga nisbatan g‘alati muomalasi ta’qib qiladi. Uning aqli zaif nogironligi normal munosabatlarga xalaqit bergan paytda ham, keyinchalik daho qobiliyatiga ega bo‘lgach, u tadqiqot obyekti bo‘lib, olimlar tomonidan sotiladigan mahsulotga aylanganidan keyin ham.

    Romanning yana bir muhim jihati intellekt bilan bir qatorda hissiy rivojlanishning ham muhimligida. Qahramon moslashishi kerak bo‘lgan muammolardan biri – uning 32 yoshdagi aqliy qobiliyati va mental holati kichkina bolalarniki kabi edi.

    Shunday qilib, u to‘satdan aqlli bo‘lib qolganida qisqa vaqt ichida yangi hissiy tushunchalarni moslashtira olmaydi. Bu yerda psixiatrning roli juda muhim, dastlab Charli buni qanday amalga oshirilishini bilmasa ham.

    Yuqorida aytib o‘tganimdek, romanni o‘qish jarayonida qahramonni his qilmaslik mumkin emas. Bu o‘quvchini hikoyaga aralashishga majbur qiladi. O‘quvchi Charlini qurshab olgan va azob chekishga majbur qilgan odamlardan nafratlanadi... Hatto Charli bundan bexabar bo‘lsa ham.

    “Eljernon uchun gullar” men uchun odamlarda aqlning o‘sishi bilan bog‘liq syujet ustiga qurilgan dunyodagi eng zo‘r ikkita kitobning biridir (ikkinchisi – Pol Andersonning “Miya to‘lqini” asari). Shaxsiy intellektual iqtidorni oshirish ilmiy fantastika uchun tabiiy mavzu, chunki konseptual shakldagi ekstrasensor idrok yoki boshqa mumkin bo‘lmagan aqliy kuch haqidagi ko‘plab hikoyalar ushbu janr bilan ozgina niqoblanadi. Ammo noaniqlik bilan murojaat qilish fantastikaning vazifasidir.

    Xulosa

    Bu hayajonli, chiroyli, shafqatsiz va mantiqiy sayohat. Inson ongi zulmatdan olib chiqib, yoritiladi; qisqa vaqt davomida aniq ravshanlik paydo bo‘lgandan keyin u yana zulmatga tashlanadi. Har kim o‘zida xokisor Charli Gordonni aniqlay oladi: uning hikoyasi esa biz insoniyatning ahvoli haqidagi masaldir.

    Roman bizga ko‘pincha do‘stlarimiz bilan bo‘ladigan klassik munozarani taklif qiladi: “Aqlli odam baxtlimi yoki nodon?” Fikrlar xilma-xilligi bor va men har ikkala variantning tarafdorlarini bilaman. O‘zim esa muallifning fikriga qo‘shilaman, chunki aqlsiz odam (o‘zi bundan bexabar) nimagadir imkoniyatlari va odamlarning munosabatini ko‘ra oladigan odamlardan ko‘ra baxtliroq bo‘ladi. Muallifning hikoya qilish uslubi o‘ziga tortadi, shu bilan birga asar juda katta ham emas.

    “Charli” filmidan kadr

    Asarning yakuniga kelsak, shubhasiz uni o‘qiganlar yakun boshqacha bo‘lishi mumkin emasligiga qo‘shilsa kerak. Asar siz xohlaganday tugaganida u hech qachon dunyo adabiyotining durdonalari qatoridan joy olmas va shunchaki chiroyli ertak bo‘lib qolgan bo‘lar edi. Texnik tomondan kitobni o‘qish juda oson, ammo psixologik tarafdan balki o‘qigan eng og‘ir asarlardan biri bo‘lib chiqar.

    Iqtiboslar

    Ilgari nodon va ahmoqligimdan nafratlanardi, endi ular aqlim va bilimim uchun nafratlanadi. E xudo! Ular mendan nima xohlaydi?

    Abadiy bola bo‘lib qolishni istamasangiz, boshqalar yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishini kuta olmaysiz. Yechimni o‘zingizda topishingiz kerak – nima to‘g‘ri bo‘lishini his qiling. O‘zingizga ishonishni o‘rganing;

    Shubhasiz, televizorga bo‘lgan muhabbat, o‘ylashni xohlamaslik natijasida paydo bo‘ladi;

    Shunchalik ahmoq edimki, ahmoqligimni hatto tushuna olmasdim;

    Men insonman. Men sevishim kerak.

    Qiziqarli faktlar

    - Amerikada bu asar maktab o‘quv dasturiga kiritilgan;

    - 1968-yilda rejissor Ralf Nelson “Eljernon uchun gullar” romani asosida juda muvaffaqiyatli “Charli” filmini suratga olgan. Charli Gordon roli uchun aktyor Kliff Robertson “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida

    Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?

    Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida

    Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida

    Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida

    Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida

    “Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman

    “Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida

    Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida

    16.12.2019, 19:11   Izoh (0)   54951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.