Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Nexia’ning YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi vafot etdi.
“Postda.uz”ning ma’lum qilishicha, voqea 12-dekabr soat 11:30 larda sodir bo‘lgan. Fuqaro S.B. Nexia mashinasini “Beshterak—Makrid” 4K-275 yo‘lining 6-kilometrida haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotishi tufayli mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan va daraxtga urilgan.
Oqibatda yo‘lovchilar O.Ch. va Sh.K. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan va zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)