Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni 15 ta shahar va tuman hokimliklarining Abul Muin Nasafiy ziyoratgohida qur’on tilovat qilib, yurt haqiga duo o‘qishi bilan boshlandi, — deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Tong azondan ziyoratgohda 15 ta qo‘y so‘yilib, xalqqa tarqatildi.
Bayram tantanasi Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida boshlanib, xo‘roz urishtirish, qo‘chqorlar jangi va polvonlar kurashi bilan davom etdi.
Kurash musobaqasida nafaqat yoshlar, keksa otaxonlar ham ishtirok etib, yig‘ilganlar kayfiyatiga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev qishloq xo‘jaligi xodimlarini qutlab, bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Bir guruh xodimlarni muvaffaqiyati bilan qutladi. Esdalik sovg‘alari topshirildi.
Foto: “Daryo”
Tadbir bir piyola choy ustida davom etib, el ardog‘idagi hofiz O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning kuy-qo‘shiqlari bilan qizidi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilangan.
Izoh (0)